Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 16:50

Zamonaviy siyosatchilar: Jo Bayden Instagram'da sahifa ochdi, Obama bilan "selfi"


AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden mobil qurilmalar foydalanuvchilari orasida anchagiga mashhur bo'lgan Instagram xizmatida o'z sahifasini ochdi.

Baydenning yangi sahifasidagi birinchi surati prezident Barak Obama bilan tushgan "selfi"si bo'ldi.

"Instagram'dagi birinchi "selfi" suratim uchun do'st to'pdim", - deya sharhladi vitse-prezident o'zining ilk insta-selfi-suratini.

Surat ayni damda 21 mingda ko'proq "like" to'plagan. Baydenning Instagram'dagi sahifasiga obuna bo'lganlarning soni esa 45 mingga yaqinlashgan.


"Selfi" nima o'zi?

Internetning rivojlanishi, mobil qurilmalarning va ularga o'nratilgan kameralarning takomilashishi ortidan "online" yuklanayotgan suratlarning ham soni, ham turi ortib bormoqda.

"Selfi" internetga, ayniqsa ijtimoiy tarmoqlarga yuklanayotgan media fayllarning bir turi bo'lib, avtoportret usulida olingan surat yoki videoni anglatadi. Sodda qilib aytganda - o'zingizni o'zingiz surat yoki videoga olsangiz, bu "selfi"dir.

2013 yilga kelib "selfi" so'zi (ingliz tilida "selfie") shu qadar keng ishlatila boshladi-ki, Oksford lug'ati tuzuvchilari 2013 yili bu so'zga, uning nisbatan yangi bo'lishiga qaramay, "yil so'zi" maqomini berdi va rasman ingliz tili lug'atiga kiritdi.


Instagram nima?

Surat va videolarni yuklash va ularni do'stlar bilan bo'lishishga mo'ljallangan bepul ijtimoiy tarmoq. Mobil qurilmalar foydalanuvchilariga mo'ljallangan.

Mart oyida ochiqlagan rasmiy statistikaga ko'ra, ayni damda Instagram'ning bir oylik faol auditoriyasi 200 million foydalanuvchini tashkil etadi va ular o'z sahifalariga bir kunda o'rtacha 60 million surat yuklaydilar.

Instagram xizmati 2012 yilda Facebook shirkati tarafidan rekord narxga - 1 milliard AQSh dollariga sotilgan edi.

AQSh prezidenti Barak Obama ham Instagram'dan faol foydalanib keladi. Ayni damda uning "insta" sahifasiga obuna bo'lganlar soni qariyb uch million kishiga yetgan.
XS
SM
MD
LG